Migrantlar o’rtasida haligacha “kirdi-chiqdi” judayam dolzarb masala. Kimdur hujjatlarni yangilash uchun, kimdur registratsiya qilish uchun chegaraga borib kelishadi.
Oxirgi bir yil Belorussiyaga kirdi-chiqdi eng arzon va qulay variantlardan biri edi. O’zim ham Belorussiyaga samolyotda borib kelishni maslahat berayotgandim.
Lekin, endi Belorussiyaga “kirdi-chiqdi” uchun borib kelib bo’lmaydigan bo’lib qoldi. Sababi noma’lum.
25 fevraldan boshlab, Belorussiyaga borib, qaytayotganlarga migratsion karta berilmayapti.
Shuning uchun, endi Belorussiyaga bormang. “Kirdi-chiqdi” uchun boshqa davlatlarni tanlang. Hozircha eng yaxshi variant Armanistonga, Ozarbayjonga, Moldovaga samolyotda borish.
Zarnigor Omonillaeva (instagram @zari_begim)